O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘iga muvofiq, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul kvotalari tasdiqlandi.
Mazkur qarorga asosan, universitetda oliy ta’limdan keyingi ta’limning tegishli ta’lim shakllari va ixtisosliklari bo‘yicha qabul jarayoni amalga oshiriladi.
Shuningdek, barcha talabgorlarni tegishli ixtisosliklar bo‘yicha kirish imtihonlari va suhbatlarning dasturlari universitetning rasmiy veb-saytiga joylashtirilayotganligi haqida xabardor qilamiz.
Talabgorlar kirish imtihonlari va suhbatlarning dasturlari, mazmuni hamda o‘tkazilish tartibi bilan universitetning rasmiy veb-sayti orqali batafsil tanishib borishlari mumkin.
Eslatma: Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul jarayoni, kirish imtihonlari va suhbatlar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Hurmatli talabgorlar! Qabul jarayoni bo‘yicha yangiliklar va muhim e’lonlarni muntazam kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti
Oliy ilm-fan maktabi