Skip to main content

SDTU ISHGA TAKLIF QILADI

Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti 7 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha professor-o'qituvchilar tanlovini e'lon qiladi. Jami 14 ta shtat birligi — har bir yo'nalish bo'yicha 2 tadan (ilmiy daraja va unvonga qarab).

 

Yo'nalishlar:

Axborot tizimlari va texnologiyalari

Elektr muhandisligi

Energetika muhandisligi

Kimyo muhandisligi

Metallurgiya muhandisligi

Mexatronika va robototexnika

Libos va gazlamalar

 

Lavozimlar: professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi, stajyor-o'qituvchi.

 

Asosiy talablar:

tegishli yoki turdosh mutaxassislik bo'yicha oliy ma'lumot;

lavozimga mos ilmiy daraja/unvon yoxud magistr darajasi;

KPI mezonlari bo'yicha belgilangan minimal ball;

davlat tilida dars bera olish;

zamonaviy ta'lim texnologiyalari, soha dasturiy vositalari va laboratoriya jihozlari bilan ishlash ko'nikmasi;

akademik halollik tamoyillariga rioya qilish.

 

Rus yoki ingliz tilida dars bera olish qo'shimcha ustunlik beradi.

 

Hujjatlar: rektor nomiga ariza, rezyume, pasport yoki ID nusxasi, diplomlar va ilovalari, ilmiy daraja/unvonni tasdiqlovchi hujjatlar, ilmiy va o'quv-uslubiy ishlar ro'yxati, mehnat faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar, sertifikatlar (mavjud bo'lsa). O'zbek, rus yoki ingliz tilida qabul qilinadi.

 

Tanlov bosqichlari: hujjatlarni ko'rib chiqish → ilmiy-pedagogik va amaliy faoliyatni baholash → komissiya bilan suhbat → namunaviy ochiq dars yoki ilmiy taqdimot → natijalarni universitetning vakolatli organida ko'rib chiqish.

 

Muddat: 2026-yil 31-avgustga qadar

Manzil: Samarqand shahri, Lolazor ko'chasi, 70-uy — Kadrlar bo'limi (hujjatlar shaxsan topshiriladi)

 

Mas'ul: Xodimlar bo‘limi boshlig‘i Jamolov Aminxo'ja

jamolov.aminxoja@samdaqu.edu.uz

+998 93 349 47 57

 

To'liq bo'lmagan yoki belgilangan muddatdan keyin topshirilgan hujjatlar ko'rib chiqilmasligi mumkin.

 

Batafsil - https://t.me/sstueduuz/46046