Skip to main content

SDTU talabalari Turkiyadagi xalqaro yozgi maktabda ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda Turkiya Respublikasining Kütahya shahrida joylashgan Dumlupınar universitetida xalqaro yozgi maktab dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Mazkur dasturda Dumlupınar universitetining taklifiga binoan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Arxitektura fakultetining 7 nafar talabasi ishtirok etmoqda. Shuningdek, fakultetning 2 nafar professor-o‘qituvchisi malaka oshirish va stajirovka o‘tash maqsadida Erasmus+  dasturda qatnashmoqda.

 

Yozgi maktab davomida talabalar arxitektura va qurilish yo‘nalishlaridagi bilimlarini yanada mustahkamlab, zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganmoqda. Turli amaliy mashg‘ulotlar hamda akademik uchrashuvlar ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish va xalqaro ta’lim muhitida tajriba orttirishiga xizmat qilmoqda.

 

Dumlupınar universiteti tomonidan ishtirokchilarning sifatli ta’lim olishi, mazmunli faoliyat yuritishi va bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

 

Ushbu xalqaro dastur universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik almashinuvini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Tashkil etilgan tayyorlov kurslari oliy ta’limga tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil etish hamda ijtimoy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga qo‘shimcha shart-sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.