Arxitektura

Telefon: +998 90 445 60 00 · Ma’lumoti: Oliy · Ilmiy darajasi: Arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD (arx.) · Ilmiy unvoni: Dotsent · Xorijiy tillar: Rus, ingliz · Mutaxassisligi: Arxitektor · Qabul vaqti: har kuni, 15:00 – 17:00
E-pochta: rakhimov.laziz@sdtu.uzKafedra haqida
Arxitektura kafedrasi institut ochilishi bilan bir vaqtda, ya’ni 1966-yil sentabrida, mamlakatimiz uchun yuqori malakali arxitektura mutaxassislarini tayyorlash maqsadida institutning birinchi rektori, arxitektura fanlari nomzodi, professor R.R. Abdurasulov rahbarligida tashkil etilgan.
Hozirgi kunda Arxitektura kafedrasi respublikada arxitektura va unga yaqin yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan yetakchi kafedralardan biridir. O‘qish jarayonida talabalar arxitektura sohasida keng qamrovli tayyorgarlik oladi, kasbiy masalalarni tizimli va ijodiy yondashuv asosida hal etish ko‘nikmalarini egallaydi. Kafedra talabalarni tayyorlashda soha korxonalari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, bozor iqtisodiyotining o‘zgaruvchan talablariga mos ta’lim berishga va ish beruvchilar uchun amaliyotga maksimal darajada yo‘naltirilganlikka e’tibor qaratadi.
Arxitektura kafedrasi universitetda mutaxassis tayyorlaydigan asosiy kafedralardan biri sifatida doimiy rivojlanib va kengayib bormoqda. Bugungi kunda kafedrada 62 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 5 nafari fan doktori, professor, 12 nafari arxitektura fanlari nomzodi, dotsent, 4 nafari arxitektura bo‘yicha falsafa doktori, 15 nafari katta o‘qituvchi, 15 nafari o‘qituvchi va 12 nafari stajyor-o‘qituvchidir.
Kafedraning arxitektura sohasidagi taniqli olimlari — professorlar A.S. Uralov, K.D. Rahimov, D.Z. Kamalova va dotsent M.B. Xudayarova — hozirda doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ilmiy ixtisoslashgan kengash a’zolaridir.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” degan oliy unvon bilan taqdirlangan professor A.S. Uralov nafaqat fakultetimiz, balki butun universitetimiz faxridir.
Hozirda kafedraning bir necha professor-o‘qituvchilari Samarqand viloyati shaharsozlik kengashi a’zolari bo‘lib, Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan ko‘plab loyihalarning mualliflari sifatida faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura va qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq kafedrada quyidagilar tashkil etildi:
– “Samarqand davlat arxitektura va qurilish loyihalash ilmiy-tadqiqot markazi” (rahbari — Tohirov Aziz);
– “Shaharsozlik ilmiy-tadqiqot markazi” (rahbari — Zoirov R.Z.);
– Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun arxitektura va qurilish loyihalarini ishlab chiqish markazi (rahbari — Rahimov L.A.).
Arxitektura kafedrasida quyidagi yo‘nalishlar mavjud: 60730100 — Arxitektura (bakalavriat), 70730101 — Binolar va inshootlar arxitekturasi hamda 70730102 — Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi (magistratura).
Kafedrani kafedra mudiri boshqaradi, u muvofiqlashtirish va nazorat vazifalarini bajaradi.
Kafedra manzili: Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70-uy