Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti

Interyer dizayni

Kushmanov To‘lqin Fayzullayevich — Interyer dizayni kafedrasi mudiri
Kushmanov To‘lqin FayzullayevichKafedra mudiri

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari, 09:00 – 14:00  ·  Telefon: +998 91 529 61 99

Kafedra haqida

Kafedra Me’morchilik fakulteti tarkibida 1997-yilning 4-iyulida «Badiiy grafika va kompyuterda loyihalashtirish» nomi bilan institut Ilmiy kengashining 10-son qaroriga binoan o‘z faoliyatini boshladi. Kafedrani tashkil etish va unga to‘g‘ri yo‘nalish berishda kafedraning birinchi mudiri, dotsent A.B.Balgayev va o‘sha vaqtdagi fakultet dekani, dotsent A.Masariddinovlarning xizmatlari beqiyos.

1998–1999 o‘quv yiliga kelib kafedra nomi «Badiiy loyihalash va grafika»ga o‘zgartirildi. Bugungi kunga qadar kafedrada 589 nafardan ziyod yosh yigit-qizga «Dizayner» bakalavr diplomi berilgan; kafedrada tayyorlangan kadrlar respublikamiz loyiha tashkilotlari va dizayn firmalarida, shuningdek xorijiy davlatlarda ham faoliyat olib bormoqdalar. 2018–2019 o‘quv yilidan «Arxitektura muhitlari dizayni», 2023–2024 o‘quv yilidan esa 70210401 – «Dizayn» (Interyerni loyihalash) ixtisosligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda «Interyer dizayni» kafedrasida 1 nafar professor, 1 nafar arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 6 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar o‘qituvchi va 1 nafar stajyor-o‘qituvchi — jami 13 nafar professor-o‘qituvchi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish