Madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti

Telefon: +998 90 196 17 40 · Ma’lumoti: Oliy · Ilmiy darajasi: Arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Kafedra haqida
Madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi «Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-416-son qaroriga asosan tashkil etilgan.
2025-yilda fakultetda 22 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda: 3 nafar dotsent, 2 nafar PhD, 2 nafar xorijiy o‘qituvchi, 4 nafar katta o‘qituvchi va 11 nafar o‘qituvchi. 2023–2024 o‘quv yilida fakultetni 44 nafar talaba bitirdi; 2024–2025 o‘quv yilida bakalavriatda 254 nafar, magistraturada 8 nafar talaba ta’lim olmoqda.
Fakultet tarkibiga «Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi» hamda «Madaniy meros obyektlarini asrash» kafedralari kiradi. O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Gaffarov Aktam Akramovich.