Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti

Arxitektura fakulteti

Arxitektura fakulteti binasiga kirish
Kamalova Dilnoza Zaynidinovna — Arxitektura fakulteti dekani
Kamalova Dilnoza ZaynidinovnaFakultet dekani

Ma’lumoti: Oliy  ·  Ilmiy darajasi: Arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  ·  Ilmiy unvoni: Professor  ·  Chet tillarini bilishi: Rus tili, ingliz tili  ·  Qabul vaqti: Har kuni 14:00 – 16:00

Kafedra haqida

Arxitektura fakulteti 1969-yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Qurilish fakulteti tarkibidan ajralib chiqqan.

Bugungi kunda fakultetda 100 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Arxitektura sohasining yetuk olimlari A.S.Uralov, K.D.Raximov, D.N.Sultanova va Sh.M.Abduraimovlar Toshkent arxitektura-qurilish universitetining ilmiy ixtisoslashgan kengashi a’zolaridir. «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» va «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» unvonlariga sazovor bo‘lgan professorlar A.S.Uralov va E.M.Muhammadiyevlar fakultetning faxri hisoblanadi.

1998-yildan fakultetda 18.00.01 – «Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash» ixtisosligi bo‘yicha aspirantura, 2000-yildan doktorantura faoliyat yuritadi. 2023-yilda universitet huzurida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.26/26.01.2023.A.109.05-raqamli ilmiy kengash tuzildi.

Arxitektura fakulteti universitetning o‘quv-ilmiy va ma’muriy bo‘linmasi sifatida tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni o‘qitadi, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy olib boradi hamda tarkibidagi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish