Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti

Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha · Telefon: (8 366) 237-11-12
Kafedra haqida
Fakultet 2012-yilda «Qurilishni boshqarish» fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. 2022-yil 8-noyabrda PQ-416-son qarorga asosan «Iqtisodiyot va boshqaruv» fakulteti etib nomlandi.
Fakultet bitiruvchilari viloyat arxitektura va qurilish boshqarmalari, Avtoyo‘l loyihalash instituti, viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, «Uzdaverloyiha» instituti Samarqand filiali, davlat soliq boshqarmalarining yer va ko‘chmas mulkni soliqqa tortish bo‘limlari, ko‘chmas mulkni baholash korxonalari hamda qurilish ishlab chiqarish tashkilotlari va loyihalash institutlarining rejalashtirish-iqtisodiy bo‘limlarida mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i va korxona rahbari sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
Dekanat fakultetda rahbarlikni amalga oshiradi, muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalarni bajaradi; dekan o‘rinbosari — Abdixoliqov Jamshid Abdixalilovich.