Shaharsozlik

Ma’lumoti: Oliy · Telefon: +998 99 622 24 53 · Chet tillarini bilishi: Rus tili · Mutaxassisligi: Shahar transport xo‘jaligi va aloqa yo‘llari; shaharsozlik · Qabul vaqti: Har kuni 14:00 – 17:00 (shanba va yakshanbadan tashqari)
E-pochta: farrux.madiyev@samdaqu.edu.uzKafedra haqida
«Shaharsozlik» kafedrasi 1979-yildan boshlab faoliyat ko‘rsatmoqda — u dastlab «Arxitekturaviy loyihalash» kafedrasi tarkibida tashkil qilingan.
Bugungi kunda kafedrada 13 nafar professor-o‘qituvchi ishlamoqda: 1 nafar professor, 5 nafar dotsent, 6 nafar katta o‘qituvchi va 1 nafar assistent. Kafedraning ilmiy salohiyati 31 foizni, professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 45 yoshni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda kafedrada 230 nafardan ziyod bakalavr, 5 nafar magistrant, 4 nafar doktorant va 1 nafar aspirant tahsil olmoqda.
Kafedra 60731500 – «Shahar qurilishi va loyihalash» hamda 60730200 – «Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish» bakalavriat yo‘nalishlari va 70730202 – «Shahar transporti xo‘jaligi va aloqa yo‘llari» magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi.