Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi

Yasakov Zikrilla XayrullayevichKafedra mudiri
Telefon: +998 93 310 03 22 · Ma’lumoti: Oliy · Ilmiy unvoni: Katta o‘qituvchi · Chet tillarini bilishi: Ingliz va rus tillari (lug‘at yordamida)
Kafedra haqida
Kafedra 2020-yildan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti tarkibida «Hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasi sifatida faoliyat boshlagan. 2022-yildan boshlab u «Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi» kafedrasi nomi bilan ishlaydi.
2020–2024-yillarda kafedrada dotsent X.X.Razzoqov va texnika fanlari nomzodi J.Sh.Suyunov faoliyat yuritishgan; 2024-yilning sentyabridan kafedra mudiri lavozimida katta o‘qituvchi Yasakov Zikrilla Xayrullayevich ishlab kelmoqda.