Atrof-muhit muhandisligi

Telefon: +998 93 358 87 78 · Ma’lumoti: Oliy · Ilmiy darajasi: Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) · Ilmiy unvoni: Dotsent · Chet tillarini bilishi: Rus tili, ingliz tili · Qabul vaqti: Har kuni 14:00 – 16:00
Kafedra haqida
Kafedra 1971-yili «Santexnika» kafedrasidan ajralib chiqdi va unga «Suv ta’minoti va kanalizatsiya» nomi berilib, F.F.Ziyamuxamedova boshchiligida o‘z faoliyatini boshladi. 1976–1983-yillarda kafedraga t.f.n., dotsent N.J.Jumagulov mudirlik qildi; bu davrda kafedrada professor P.I.Smirnov va bir qator katta o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, safga ko‘plab yosh kadrlar jalb qilindi.
Kafedra 1996-yildan «Injenerlik tarmoqlari qurilishi» nomi bilan yuritildi, 2005-yilda «Kimyo va ekologiya asoslari» kafedrasi bilan birlashib «Suv ta’minoti, kimyo va suv havzalarini muhofaza qilish» nomini oldi, 2023-yildan esa «Atrof-muhit muhandisligi» nomi bilan faoliyat olib bormoqda.