Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash
Universitet huzuridagi PhD.26/26.01.2023.A.109.05 raqamli ilmiy kengash: nizomi, himoyaga ruxsat berilgan talabgorlar uchun hujjatlar ro‘yxati va shakllar, dissertatsiya himoyasi hujjatlarining namunalari.

PhD dissertatsiya himoyasi uchun elektron platformaga joylashtiriladigan hujjatlar
Seminardan keyin topshiriladigan hujjatlar (eng katta hajm): talabgorning CV ma’lumotlari — 5 MB (PDF va Word); hammualliflikda bajarilgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha rozilik xati — 5 MB (PDF va Word); dissertatsiya e’lon matni — 5 MB (PDF va Word); dissertatsiya — 20 MB (PDF va Word); avtoreferat — 10 MB (uch tildagi avtoreferat bitta elektron faylda); plagiat to‘g‘risidagi ma’lumotnoma — 5 MB (Oliy ilm-fan maktabi tomonidan olinadi); Oliy ilm-fan maktabidan kengash raisiga bildirgi — 5 MB (PDF va Word).
Himoyadan keyin topshiriladigan hujjatlar (eng katta hajm): himoya to‘g‘risidagi e’lon — 5 MB; stenogramma — 10 MB; qayd varaqasi — 5 MB; ilmiy kengash a’zolarining xulosalari — 5 MB; ilmiy kengash xulosasi — 5 MB.
Namunalari quyida yuklab olish uchun berilgan.