Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti

Mexanika muhandisligi

Fayziyev Zafar Xaydarovich — Mexanika muhandisligi kafedrasi mudiri
Fayziyev Zafar XaydarovichKafedra mudiri

Telefon: +998 93 993 73 73  ·  Ma’lumoti: Oliy  ·  Ilmiy darajasi: Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  ·  Chet tillarini bilishi: Rus tili, ingliz tili  ·  Mutaxassisligi: Quruvchi-muhandis  ·  Qabul vaqti: Har kuni 14:00 – 16:00

E-pochta: fayziev.zafar@samdaqu.edu.uz

Kafedra haqida

Kafedraning tarixi 1967-yilda «Injener-iqtisod» fakulteti tarkibida tashkil etilgan «Sanitariya texnikasi» kafedrasiga borib taqaladi. Uning tarkibidan 1972-yilda «Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya» nomi bilan alohida kafedra ajralib chiqdi; birinchi mudiri t.f.n., dotsent Bo‘riyev Qo‘shmon Umarovich bo‘lib, 1973–1980-yillarda kafedrani boshqargan.

1976-yilda SamDAQIda ilk bor «Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya» bo‘yicha 18 nafar diplomli mutaxassis tayyorlandi. Keyingi yillarda kafedra safiga ishlab chiqarishdan va boshqa oliy ta’lim muassasalaridan tajribali professor-o‘qituvchilar jalb etildi, iqtidorli bitiruvchilar esa Kiyev muhandislar qurilish institutida maqsadli tayyorgarlikdan o‘tib, kafedrada assistent sifatida faoliyat boshladilar.

Bugungi kunda «Mexanika muhandisligi» kafedrasi issiqlik-gaz ta’minoti, ventilyatsiya va muhandislik kommunikatsiyalari yo‘nalishlarida bakalavr va magistrlar tayyorlaydi; kafedrani texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Z.X.Fayziyev boshqaradi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish