Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Universitet/“Kelajakka qadam” markazi

“Kelajakka qadam” markazi

O‘zmilliybank bilan hamkorlikda faoliyat yurituvchi markaz: bitiruvchilarimizning tadbirkorlik loyihalari va talabalar hamda yoshlar uchun imtiyozli kredit mahsulotlari.

“Kelajakka qadam” markazining bitiruvchilar bilan uchrashuvi, universitetning katta zali, 2026-yil mart

Bo‘limlar

“Kelajakka qadam” markazi tadbiri, 2025-yil noyabr
Loyihalar“Kelajakka qadam” dasturi doirasida universitet bitiruvchilari amalga oshirgan tadbirkorlik loyihalari, ularning faoliyati va erishgan natijalari.Bo‘limga o‘tish →
Kredit mahsulotlari taqdimoti: ekranda “Biznes progress” krediti
Kredit mahsulotlariTalabalar va yoshlar uchun imtiyozli kreditlar: “Tadbirkorlikka ilk qadam”, “Biznes start”, “Biznes progress”, “Talaba invest” — shartlari va hujjatlari.Bo‘limga o‘tish →

Markaz haqida

“Kelajakka qadam” markazi universitetda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki (O‘zmilliybank) bilan hamkorlikda 2025-yil may oyida ochilgan. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 61-son qarori asosida bitiruvchilarning mehnat bozoriga kirishini va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Prezidentning 2026-yil 1-iyundagi “Tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-210-son qarori bilan dasturning navbatdagi bosqichi boshlandi: O‘zmilliybank “Kelajak tadbirkorlari” loyihasi doirasida biznes g‘oyasini amalga oshirmoqchi bo‘lgan 31 yoshga to‘lmagan talaba va yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratadi. Qaror 2026–2028-yillarda 300 mingdan ortiq yoshlarni qamrab olish va 100 mingga yaqin qo‘shimcha ish o‘rni yaratishni maqsad qilgan.

Markazning ikki bo‘limida — bitiruvchilarimiz amalga oshirgan tadbirkorlik loyihalari va talabalar hamda yoshlar uchun kredit mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam yangilab boriladi.

Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

  • Biznes g‘oyalarini rivojlantirish — bitiruvchi bosqich talabalari o‘z loyihalarini tayyorlash va moliyalashtirishda qo‘llab-quvvatlanadi.
  • Ishga joylashish — bitiruvchilar va quyi bosqich talabalari uchun sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkaziladi, g‘oliblar ish bilan ta’minlanadi.
  • Kasbiy tayyorgarlik — yirik korxonalar bilan hamkorlikda individual kasbiy ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi.
  • Amaliyot va xalqaro tajriba — ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli kurslarda qatnashish imkoniyati yaratiladi.

Bitiruvchilar bilan uchrashuv

2026-yil mart oyida universitetda bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i Pardaev Xurshid Sanokulovich, “O‘zmilliybank” AJ Samarqand viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i Sh. P. Jumaqulov, “Biznesni rivojlantirish banki” Samarqand viloyat filiali raisi Po‘latov Otabek Sharofiddinovich, “Sanoatqurilishbank” ATB Samarqand mintaqaviy filiali rahbari Qudratov Bekmirzo Inotulloyevich, “Kelajakka qadam” markaziga biriktirilgan “O‘zmilliybank” AJ Samarqand viloyat boshqarmasi xodimi Temurbek Tirkashev hamda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Mirolim Shodmonqulov ishtirok etdi.

Tadbirda “Kelajakka qadam” markazi faoliyati va Prezident qarorlarining mohiyati tushuntirildi. Uchrashuv yakunida talabalarga dasturda ishtirok etish tartibi va zarur hujjatlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbirlardan lavhalar

“Kelajakka qadam” markazining bitiruvchilar bilan uchrashuvi, universitetning katta zali, 2026-yil mart
“Kelajakka qadam” markazining bitiruvchilar bilan uchrashuvi, universitetning katta zali, 2026-yil mart
Uchrashuvda ishtirok etgan banklar vakillari va mehmonlar
Uchrashuvda ishtirok etgan banklar vakillari va mehmonlar
Kredit mahsulotlari taqdimoti: ekranda “Biznes progress” krediti
Kredit mahsulotlari taqdimoti: ekranda “Biznes progress” krediti
Uchrashuvdagi chiqish
Uchrashuvdagi chiqish
Talabalar bilan muloqot
Talabalar bilan muloqot
Talaba savol bermoqda
Talaba savol bermoqda
“Kelajakka qadam” markazi tadbiri, 2025-yil noyabr
“Kelajakka qadam” markazi tadbiri, 2025-yil noyabr

Videolavhalar

O‘zmilliybankning “Talaba Expo-2025” kasb ko‘rgazmasi va mehnat yarmarkasi hamda markaz faoliyati — universitetning YouTube kanalida.

“O‘zbekiston 24” telekanalining “Talaba Expo-2025” haqidagi reportajidan kadr
“Talaba Expo-2025” kasb ko‘rgazmasi“O‘zbekiston 24” telekanali reportaji.YouTube’da ko‘rish →
“Talaba Expo-2025” mehnat yarmarkasi videosidan kadr
“Talaba Expo-2025” mehnat yarmarkasiMehnat yarmarkasidan videolavha.YouTube’da ko‘rish →
“Talaba Expo-2025” kasb ko‘rgazmasi videosidan kadr (1-qism)
“Talaba Expo-2025” kasb ko‘rgazmasi (1-qism)Ko‘rgazmadan videolavha.YouTube’da ko‘rish →
“Talaba Expo-2025” kasb ko‘rgazmasi videosidan kadr (2-qism)
“Talaba Expo-2025” kasb ko‘rgazmasi (2-qism)Ko‘rgazmadan videolavha.YouTube’da ko‘rish →
O‘zmilliybankning “Talaba Expo” kasb ko‘rgazmasiga kirish darvozasi
“Kelajakka qadam” markaziMarkaz faoliyati haqida videolavha.YouTube’da ko‘rish →

Markaz yangiliklari

“Kelajakka qadam” markazining ochilishi
Kelajakka qadam – SDTU talabalari uchun yangi imkoniyatlar!2025-yil 23-may: Milliy bank hamkorligida markaz ochildi.Yangilikni o‘qish →
“Kelajakka qadam” markazi bo‘yicha ishchi guruh bilan uchrashuv
Universitetda Milliy bank hamkorligida “Kelajakka qadam” markazi ochiladi2025-yil 20-may: Respublika ishchi guruhi bitiruvchilar bilan uchrashdi.Yangilikni o‘qish →

Bog‘lanish

Kredit mahsulotlari bo‘yicha savollar bilan O‘zmilliybankka murojaat qiling.

O‘zmilliybank aloqa markaziHar kuni 09:00 dan 21:00 gacha; qisqa raqam 1344+998 78 148-00-10
Temurbek Tirkashev“Kelajakka qadam” markaziga biriktirilgan O‘zmilliybank Samarqand viloyat boshqarmasi xodimi
Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish