Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Karyera
Karyera20-may, 2025 · Tahririyat

Universitetda Milliy bank hamkorligida “Kelajakka qadam” markazi ochiladi

Respublika ishchi guruhi vakillari universitet bitiruvchilari bilan uchrashib, “Kelajakka qadam” dasturi va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida tushuntirish berdi; universitetda shu nomdagi markaz ochilishi rejalashtirildi.

“Kelajakka qadam” markazi bo‘yicha ishchi guruh bilan uchrashuv

Bugun universitetda Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirokida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni mehnat faoliyatiga yo‘naltirish hamda kasbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda universitetning barcha mas’ullari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Respublika ishchi guruhi vakillari, xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i B.Xolmirov, O‘zmilliybank “Kelajakka qadam” markazi kredit bo‘limi kuratori F.Akmalov hamda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Mirolim Shodmonqulov tomonidan bitiruvchi talaba-yoshlar bilan muloqot olib borildi.

Uchrashuv davomida o‘z biznes loyihasini amalga oshirish istagida bo‘lgan talabalarga “Kelajakka qadam” dasturining mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketlari, turli sohalar bo‘yicha biznes rejalar tuzish hamda tadbirkorlik bo‘yicha kredit hujjatlari tayyorlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, universitet bitiruvchi bosqich talabalari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Uchrashuvdan so‘ng ishchi guruh vakillari universitetning registrator ofisiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida universitetda Milliy bank hamkorligida “Kelajakka qadam” markazini ochish rejalashtirildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish