Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ilm-fan
Ilm-fan11-oktabr, 2026 · Tahririyat

“Ilm-fan qahramonlari — yoshlarga namuna”: Fayziyev Zafar Xaydarovich

Mexanika muhandisligi kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Fayziyev Zafar Xaydarovich qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida issiqlik ta’minoti va energiya samaradorligi bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.

Mexanika muhandisligi kafedrasi mudiri Fayziyev Zafar Xaydarovich

“Ilm-fan qahramonlari — yoshlarga namuna”. Ustoz. Olim. Izlanuvchi.

Fayziyev Zafar Xaydarovich — Samarqand davlat texnika universiteti Mexanika muhandisligi kafedrasi mudiri, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Olim qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida issiqlik ta’minoti va energiya samaradorligi yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. U xorijiy va mahalliy innovatsion texnologiyalarni zamonaviy tadqiqotlar bilan uyg‘unlashtirib, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratadi.

Samarqand sharoitida o‘z-o‘zidan drenajlanadigan gelioqurilmalarni qishda muzlashdan, yozda esa qaynashdan himoya qilish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari uchun PhD ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan.

Bugun ustozning shogirdlari ham aynan shu yo‘nalishda izlanishlarni davom ettirmoqda. Olimning mehnati va ilmga sadoqati yosh tadqiqotchilar uchun ibrat namunasidir.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish