Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro30-iyul, 2026 · Tahririyat

SDTU talabalari Turkiyadagi xalqaro yozgi maktabda ishtirok etmoqda

Dumlupınar universitetining taklifi bilan Arxitektura fakultetining 7 nafar talabasi Kütahyadagi xalqaro yozgi maktabda o‘qimoqda; fakultetning 2 nafar o‘qituvchisi Erasmus+ dasturi doirasida stajirovka o‘tamoqda.

SDTU talabalari Dumlupınar universitetidagi xalqaro yozgi maktabda

Ayni kunlarda Turkiya Respublikasining Kütahya shahrida joylashgan Dumlupınar universitetida xalqaro yozgi maktab dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur dasturda Dumlupınar universitetining taklifiga binoan Samarqand davlat texnika universiteti Arxitektura fakultetining 7 nafar talabasi ishtirok etmoqda. Shuningdek, fakultetning 2 nafar professor-o‘qituvchisi malaka oshirish va stajirovka o‘tash maqsadida Erasmus+ dasturida qatnashmoqda.

Yozgi maktab davomida talabalar arxitektura va qurilish yo‘nalishlaridagi bilimlarini yanada mustahkamlab, zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganmoqda. Turli amaliy mashg‘ulotlar hamda akademik uchrashuvlar ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish va xalqaro ta’lim muhitida tajriba orttirishiga xizmat qilmoqda.

Dumlupınar universiteti tomonidan ishtirokchilarning sifatli ta’lim olishi, mazmunli faoliyat yuritishi va bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Ushbu xalqaro dastur universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik almashinuvini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish