Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti

Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi

Mirzayev Dilshod Mardonovich — Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi kafedrasi mudiri
Mirzayev Dilshod MardonovichKafedra mudiri

Telefon: +998 93 727 00 70  ·  Chet tillarini bilishi: Rus tili  ·  Mutaxassisligi: Arxitektor  ·  Qabul vaqti: Har kuni 15:00 – 17:00 (shanba va yakshanbadan tashqari)

E-pochta: d.mirzayev@samdaqi.edu.uz

Kafedra haqida

Kafedra 1969-yilda «Arxitektura nazariyasi va tarixi» nomi bilan tashkil topgan; dastlab unga tarix fanlari doktori, professor A.Nilsen mudirlik qilgan. 1972–2011-yillarda kafedrani dotsentlar Yu.Z.Shvab, Yu.V.Sirkunov, D.A.Nozilov, A.A.Xusainova, Ye.X.Isroilov hamda professorlar M.K.Axmedov va A.S.Uralovlar boshqargan; 2011–2018-yillarda T.F.Kushmanov va I.T.Maxmatqulovlar rahbarlik qilgan. 2020-yildan kafedra mudiri lavozimiga tanlov asosida D.M.Mirzayev saylangan. 2023-yil 10-avgustda, universitet transformatsiyasi jarayonida, kafedra «Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi» nomini oldi.

Bugungi kunda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchi va 1 nafar ish yurituvchi xodim ishlaydi: 1 nafar fan nomzodi, dotsent; 1 nafar arxitektura bo‘yicha falsafa doktori (PhD); 1 nafar dotsent v.b.; 3 nafar katta o‘qituvchi; 4 nafar o‘qituvchi va 1 nafar stajyor-o‘qituvchi. Kafedrada jami 20 dan ziyod fan bo‘yicha dars o‘tilib, yiliga o‘rtacha 8000–9000 soat o‘quv yuklamasi bajariladi. So‘nggi uch yilda 11 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiya hamda 100 dan ortiq ilmiy maqola chop etilgan.

Kafedra 60730800 – «Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi» bakalavriat yo‘nalishi, 70730103 – «Arxitektura nazariyasi va tarixi» magistratura mutaxassisligi hamda 18.00.01 – «Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash» doktorantura ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kafedra manzili: SamDTU, Madaniy meros fakulteti, 1-qavat, 17-xona.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish