Iqtisodiyot

Telefon: +998 91 552 53 35 · Ma’lumoti: Oliy · Ilmiy darajasi: Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) · Chet tillarini bilishi: Rus tili, ingliz tili · Mutaxassisligi: Muhandis-iqtisodchi · Qabul vaqti: Har kuni 14:00 – 16:00 (shanba va yakshanbadan tashqari)
E-pochta: komilova.mukammal@samdaqu.edu.uzKafedra haqida
«Iqtisodiyot» kafedrasi 2023-yil 10-avgustda vatanimizga yuqori malakali iqtisodchi mutaxassislar tayyorlab berish maqsadida katta o‘qituvchi M.Sh.Komilova rahbarligida tashkil etilgan.
Kafedra «Iqtisodiyot» (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi; talabalarni o‘qitish soha korxonalari bilan hamkorlikda, bozor iqtisodiyoti talablariga mos va amaliyotga yo‘naltirilgan tarzda olib boriladi. Bitiruvchilar loyihalash va qurilish-pudrat tashkilotlarida, moliya muassasalarida, davlat va mahalliy boshqaruv organlarida hamda turli mulk shaklidagi korxonalarda faoliyat yuritishmoqda.
Bugungi kunda kafedrada 9 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi: 1 nafar iqtisod fanlari nomzodi, 2 nafar iqtisod bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar o‘qituvchi-assistent, 1 nafar xorijiy o‘qituvchi-assistent va 1 nafar stajyor-o‘qituvchi. Kafedraning ilmiy salohiyati 33 foiz, o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 39 yosh. Kafedra bitta bakalavriat yo‘nalishi va bitta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-pedagogik faoliyat yuritadi.