Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Universitet/Bo‘limlar va markazlar/Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi

Markaz ta’lim jarayonini axborotlashtiradi: masofaviy ta’limni rivojlantiradi, elektron o‘quv materiallarini yaratadi, kompyuter tarmoqlari va texnikasiga xizmat ko‘rsatadi hamda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etadi.

Rahbar

Cem Barut — Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i
Cem BarutMarkaz boshlig‘i Qabul vaqti: har kuni Telefon: +998 66 237-33-13

Markaz faoliyati

Markaz o‘z faoliyati va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy va multimedia mahsulotlari, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari asosida rejalashtiradi, ishlab chiqarish, ijtimoiy va moddiy-texnik bazasini kengaytirish yo‘nalishlarini belgilaydi. Buyurtmachilar, texnik resurslar va qurilmalarni yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar shartnoma asosida olib boriladi.

Markaz quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:

  • axborot texnologiyalari va multimedia tizimlari sohasidagi ishlanmalarni oliy ta’lim va fan sohalariga joriy etish;
  • masofaviy ta’lim va o‘qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish;
  • xorijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy ta’lim muassasalari bilan axborot almashinuvini ta’minlash;
  • internet va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish, muayyan mavzular bo‘yicha ma’lumot izlash va manbalarini taklif etish;
  • hisoblash texnikasi va kompyuterlarga servis xizmati ko‘rsatish, ularni ta’mirlash va modernizatsiya qilish;
  • axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalash, ishga tushirish va sozlash;
  • ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish;
  • ilmiy-tadqiqot, loyihalash va eksperimental ishlarni tashkil etish va o‘tkazish;
  • seminarlar, konferensiyalar, ko‘rgazma va yarmarkalarni tashkil etish va o‘tkazish.

Asosiy maqsad va vazifalar

  • o‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot-marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalari va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga joriy etish;
  • O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot-ta’lim makonini qo‘llab-quvvatlash, intellektual faoliyat natijalari — bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin almashishga ko‘maklashish;
  • talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarni informatika, axborot texnologiyalari va internetdan foydalanishga o‘qitish;
  • ta’lim tashkilotlarining pedagog, ilmiy va o‘quv-texnik xodimlari malakasini oshirishni tashkil etish;
  • o‘quv va ta’lim tashkilotlariga texnik, axborot va metodik yordam ko‘rsatish;
  • jahon axborot-kompyuter makonida ishlash va muloqot madaniyatini joriy etish;
  • yangi kurslar va metodik materiallarning elektron nusxalarini yaratish;
  • markaz imkoniyatlaridan kelib chiqib masofaviy ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish.
Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish