Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Universitet/Bo‘limlar va markazlar/Salomatlik markazi

Salomatlik markazi

Talabalar salomatligi va sog‘lom turmush tarzi: tibbiy xizmat, sport seksiyalari, psixologik ko‘mak va profilaktika tadbirlari.

Tibbiy xizmat

Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi talabalar bo‘limi shifokori N.T. Sultanova 2021-yil uchun ish rejasini tuzgan.

Sport seksiyalari

Universitet hududida “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi faoliyat ko‘rsatadi va jismoniy tarbiya hamda sportni ommalashtirishga qaratilgan turli tadbirlarni o‘tkazadi. Universitetda bir qator sport turlari bo‘yicha seksiyalar tashkil etilgan.

Profilaktika ishlari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-fevraldagi 89-son buyrug‘iga muvofiq Ta’lim va madaniyat bo‘limi xodimlari universitet tibbiyot markazi xodimlari bilan birgalikda talabalar o‘rtasida tasdiqlangan reja asosida tarbiyaviy ishlar olib bordi. Suhbatlar giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning, jumladan yoshlar o‘rtasida, oldini olishga hamda OITSga qarshi kurash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasiga bag‘ishlandi.

Psixologik ko‘mak

2021-yil mart oyida universitet psixologi S. Otayorov arxitektura yo‘nalishi talabalari uchun “Atrofimizdagilarga yordam berishning ijobiy jihatlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi. Treningda volontyorlik va o‘zgalarga beg‘araz yordam berish insonning hayotdan qoniqishini oshirishi haqida so‘z bordi; mashg‘ulot talabalarga katta motivatsiya berdi.

Chekishni cheklash

2018-yil 4-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat joylarida sigaret va elektron sigaret chekishni cheklash to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan. Qonunga ko‘ra jamoat joylarida, jumladan statsionar savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish muassasalarida (chekish uchun maxsus ajratilgan xonalardan tashqari) sigaret va elektron sigaret chekish taqiqlanadi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish