Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Universitet/Bo‘limlar va markazlar/Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Bo‘lim (Ilmiy tadqiqotlar va loyihalar koordinatorligi) universitetdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtiradi va muvofiqlashtiradi: ilmiy konferensiyalar, nashrlar, loyiha tanlovlari va ilmiy ishlanmalarning amaliyotga joriy etilishi.

Rahbar

Xushvaqtov Usmon Ashurovich — bo‘lim boshlig‘i
Xushvaqtov Usmon AshurovichBo‘lim boshlig‘i Qabul vaqti: har kuni, 14:00–16:00 Telefon: (8 366) 237-18-47

Asosiy vazifalari

Bo‘lim ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarga oid qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’ati qarorlari va buyruqlari, shuningdek universitet Kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining ijrosini ta’minlaydi. Uning asosiy vazifalari:

  • fakultet va kafedralarda rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining yillik va istiqbolli rejalarini tuzish va ularning bajarilishini muvofiqlashtirish;
  • fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tizimli tashkil etish, muvofiqlashtirish va tahlil qilish, ilmiy-texnik dasturlar bo‘yicha hisobotlarni jamlab, natijalarni Kengash muhokamasiga kiritish;
  • fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar tanlovlarida va xo‘jalik shartnomalari asosidagi tadqiqotlarda professor-o‘qituvchilarning ishtirokini dekanlar, kafedra mudirlari, yetakchi olimlar va yosh olimlar bilan hamkorlikda tashkil etish;
  • xalqaro, respublika va mahalliy miqyosdagi ilmiy konferensiya va seminarlar rejalarini ishlab chiqish va ularning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash;
  • tadqiqot natijalari bo‘yicha monografiya, maqola va konferensiya materiallarining nashr etilishini, shuningdek Web of Science, Scopus va boshqa yetakchi ilmiy bazalarda maqolalar chop etilishini muvofiqlashtirish;
  • ilmiy ishlanmalarning amaliyotga joriy etilishini va ko‘rgazmalarda ishtirok etishini muvofiqlashtirish;
  • kafedralarda “Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligi” yo‘nalishidagi ishlar monitoringini olib borish;
  • kafedralardagi ilmiy-tadqiqot ishlarini va ish yuritish hujjatlarining to‘g‘ri olib borilishini nazorat qilish;
  • bo‘limning yillik ish rejasini ishlab chiqish va uning ijrosi bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.

Mutaxassislarning vazifalari

  • F. Qosimova — ilmiy nashrlar rejasini ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi; fakultet va kafedralarning ilmiy-tadqiqot rejalari bajarilishini tashkil etib, ularga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi va hisobotlarini qabul qiladi; universitetda o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalar hisobotlarini qabul qilib, anjumanlar.uz platformasiga joylaydi.
  • B. Norillayev — ilmiy ishlanmalarning amaliyotga joriy etilishi, ko‘rgazmalarda ishtirok va ilmiy nashrlar rejasining bajarilishini ta’minlaydi; Web of Science va Scopus bazalarida maqolalar chop etishni tashkil qiladi; grant loyihalari, qo‘llanma, darslik, monografiya va dissertatsiyalarni StrikePlagiarism (strikeplagiarism.com) dasturi orqali originallikka tekshiradi.
  • Ikkala mutaxassis O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-son qarori 2-ilovasida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlab boradi.

Ilmiy tadqiqotlar va loyihalar koordinatorligi xodimlari

Xushvaqtov Usmon AshurovichKoordinator
Qosimova F.Mutaxassis
Norillayev B.Mutaxassis
Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish