Ilmiy markazlar
Universitetda kompleks tadqiqotlar olib borish uchun ilmiy markazlar tashkil etilgan: shaharsozlik, madaniy meros, landshaft dizayni, qurilish materiallari, tabiiy ofatlarga tayyorgarlik hamda innovatsion va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida.
Shaharsozlik tadqiqotlari ilmiy markazi
Markaz O‘zbekiston shaharsozlik metodologiyasini innovatsion loyihalash uslublari asosida takomillashtirish, shaharsozlikdagi urbanistik jarayonlarni hamda “aqlli shaharlar” (Smart City) rivojlanish jarayonini tadqiq qilish maqsadida tashkil etilgan.
Madaniy merosni tadqiq qilish ilmiy-tadqiqot markazi
Markaz O‘zbekiston arxitekturasi tarixini yoritish hamda ilmiy asoslangan tadqiqotlar negizida madaniy meros obyektlarini saqlash, ta’mirlash va konservatsiya qilish sohasida kompleks ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish uchun tashkil etilgan.
“Dizayn fabrikasi” ilmiy-tadqiqot, badiiy loyihalash va ishlab chiqarish markazi
Markaz landshaft dizayni obyektlarini loyihalashning bazaviy va badiiy asoslarini ishlab chiqish va amalga oshirish, innovatsion mahsulotlar prototiplarini yaratish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish maqsadida tashkil etilgan.
Qurilish materiallari ilmiy-tadqiqot markazi
Markaz qurilish materiallari sohasidagi ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish maqsadida tashkil etilgan.
“Tabiiy ofatlarga tayyorlash” markazi
Markaz tabiiy ofatlarga tayyorgarlik sohasidagi ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish maqsadida tashkil etilgan.
Inkubatsiya markazi
Markaz yosh olimlar, iqtidorli talabalar va professor-o‘qituvchilarning innovatsion va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, talabalarni innovatsion faoliyatga jalb etish, konsalting xizmatlari ko‘rsatish hamda xalqaro grant loyihalarini bajarish orqali milliy va xalqaro miqyosdagi muammolarni hal etishda ishtirok etish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan.