
SDTU rektori professor Çidem Turkyilmaz, öquv işlari böyiça prorektor Mirolim Şodmonqulov hamda Axborot texnologiyalari kafedrasi jamoasi “Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta’lim yönalişining 1-bosqiç talabalari bilan birgalikda Samarqand şahridagi School 21 raqamli texnologiyalar maktabiga taşrif buyurdi.
Taşrif davomida talabalarga maktab faoliyati va mavjud yönalişlar, bu yerda IT kurslarni bepul örganiş hamda hamkor kompaniyalardagi böş iş örinlariga işga taklif etiliş imkoniyatlari haqida atrofliça ma’lumot berildi. Şuningdek, oliy ta’limdagi öqişdan ajralmagan holda tahsil oliş şartlari va maktabni tamomlagandan söng beriladigan hujjatlar böyiça batafsil tuşunçalar berildi.
Taşrif çoğida Yevropa Ittifoqining “Davlat AKT sektorida ayollar yetakçiligi” (WLICT) loyihasi doirasida School 21 maktabida bölib ötgan “AKT va sun’iy intellekt boşqaruvida ayollar yetakçiligi: inklyuziv raqamli transformatsiya böyiça köp tomonlama muloqot” mavzusidagi konferensiyada faol iştirok etgan “Axborot tizimlari va texnologiyalari” yönalişi talabalari Madina Musulmonova va Samira Orzikulova sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Taşrif yakunida School 21 raqamli texnologiyalar maktabi Samarqand filiali va SDTU örtasida özaro hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi. Bu hujjat talabalarning zamonaviy raqamli könikmalarni egallaşi va kelajakda IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritişi uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.