Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi
Bo‘lim universitetda korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish hamda ta’lim jarayoni, davlat xaridlari va ishga qabul qilishning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni olib boradi.
Mas’ul xodimlar


Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida, jumladan universitetda, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashkil etilgan. Bo‘lim ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshiradi.
Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
- talabalar va pedagog xodimlar orasida ta’lim jarayonining shaffofligi va ochiqligini ta’minlashga qaratilgan anonim so‘rovlar o‘tkazish;
- talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Korrupsiya va unga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish” mavzusida profilaktik targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini muntazam o‘tkazish;
- talabalarning ota-onalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy hokimliklar, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini o‘tkazish;
- korrupsiya alomatlari mavjud huquqbuzarlik holatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish va tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga taqdim etish;
- manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun ichki rotatsiya choralarini doimiy qo‘llash;
- korrupsiyaning salbiy oqibatlarini aks ettiruvchi video va matnli materiallarni universitetning rasmiy veb-saytlari va Telegram kanallarida joylashtirish, bu boradagi ishlarning borishi va natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali aholiga yetkazish;
- ishga qabul qilinayotgan professor-o‘qituvchi va xodimlarga korrupsiyaning oqibatlari, xizmat majburiyatlari, taqiqlar, cheklovlar va talablar, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va odob-axloq qoidalarining mazmun-mohiyatini tushuntirish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish, ichki audit va boshqa sohalar mutaxassislaridan tuzilgan ishchi guruhlar orqali davlat xaridlari va ishga qabul qilish jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini nazorat qilish.
Malaka oshirish va murojaat kanallari
Pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha Bosh ilmiy-metodik markazda korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlari xodimlari uchun 36 soatlik maxsus o‘quv kursi tashkil etilgan; bo‘lim xodimlari ushbu kurslarda muntazam malaka oshirib boradi.
Talabalar va xodimlardan korrupsiyaviy holatlar haqida murojaatlar qabul qilish uchun universitetda Telegram-bot yo‘lga qo‘yilgan, o‘quv binolarida “Adolat qutilari” o‘rnatilgan. Bo‘limning ishonch telefoni: +998 66 237-36-25.
Bo‘lim faoliyatiga oid buyruqlar
- 2021-yil 3-iyuldagi 243-son buyruq — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-iyundagi “Oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyadan xoli soha” loyihasini amalga oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 281-son buyrug‘i yuzasidan;
- 2021-yil 4-noyabrdagi 383-son buyruq — Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 72-f-son farmoyishi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 22-oktyabrdagi 443-son buyrug‘i hamda Qurilish vazirligining 2021-yil 25-oktyabrdagi 194-son buyrug‘i yuzasidan.