Moliyaviy ishlar bo‘limi
Bo‘lim universitetning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari smetalari va shtatlar jadvallarini tuzadi, ta’lim xizmatlari narxlarini belgilaydi va mablag‘larning sarflanishini nazorat qiladi.
Rahbar

Bo‘lim haqida
2024-yil iyul oyidan buyon bo‘limni Qo‘chqorov Beknazar Shomurotovich boshqarib kelmoqda.
Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-son qaroriga, O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’atining qarorlari, buyruqlari va yo‘riqnomalari hamda universitet rektorining buyruqlariga amal qiladi.
Asosiy vazifalari
- Universitetning iqtisodiy, moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini istiqbolli va joriy rejalashtirishda ishtirok etish, bu sohadagi buyruq va tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar berish
- Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha yillik smeta loyihalarini tuzish va ularni tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish
- Byudjet va byudjetdan tashqari shtatlar jadvallarini ishlab chiqish, tasdiqlatish va shtat intizomiga rioya etilishini nazorat qilish
- Universitet ko‘rsatadigan ta’lim va boshqa xizmatlar narxlarini belgilash va tasdiqlatish, yillik daromadlar tushumi prognozlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini tahlil qilish
- Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning choraklik va yillik hisobot shakllarini tuzish va tegishli vazirlik hamda statistika tashkilotlariga taqdim etish
- Universitet byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larining sarflanishini va byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish
- Professor-o‘qituvchilar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tadbirlarini amalga oshirish
- Iqtisodiy holatni tahlil qilib borish
- Universitet xodimlari va talabalarini ijtimoiy himoya qilish uchun zarur mablag‘lar bilan moliyalashtirishni ta’minlash
- Bo‘lim topshiradigan hisobot va loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishini ta’minlash