Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Universitet/Bo‘limlar va markazlar/Marketing xizmatlari bo‘limi

Marketing xizmatlari bo‘limi

Bo‘lim ish beruvchilarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni tashkil etadi hamda yosh mutaxassislarning keyingi mehnat faoliyatini kuzatib boradi.

Rahbar

Haydarov Elmurod Ashirovich — Marketing xizmatlari bo‘limi boshlig‘i
Haydarov Elmurod AshirovichBo‘lim boshlig‘i Qabul vaqti: har kuni, 14:00–16:00 Telefon: (8 366) 237-12-77

Bo‘lim haqida

Marketing xizmatlari bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlashga oid qaror va farmonlari, Mehnat kodeksi hamda ta’lim sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida ish olib boradi.

Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-yanvardagi “Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 48-son qarori ijrosi yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 3-fevraldagi 12-son buyrug‘i va rektorning 1998-yil 25-martdagi 38-son buyrug‘i asosida “Marketing xizmati” bo‘limi sifatida tashkil etilgan va shu kungacha faoliyat yuritib kelmoqda.

Bo‘limning maqsad va vazifalari

  • Korxona, muassasa va tashkilotlarning universitetda tayyorlangan oliy malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish asosida ma’lumotlar bankini shakllantirish
  • Ta’lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talab asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish
  • Iste’molchilarni raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli va yillik shartnomalar tuzish
  • Har yili belgilangan muddatda vazirlikning maxsus komissiyasiga joriy yil bitiruvchilari haqidagi ma’lumotlarni ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) hamda ishga yo‘llanadigan vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar kesimida taqdim etish
  • Pullik ta’lim xizmatlarini tashkil etish orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida universitetning raqobatbardoshligini oshirish
  • Bitiruvchilarni ishga taqsimlashda iste’molchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis haqidagi tavsiya va takliflari mavjud vaziyatdan kelib chiqib inobatga olinishiga erishish
  • To‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalar va ishlab chiqarish korxonalari bilan turli shartnomalar tuzish
  • Bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo‘yicha universitet komissiyasini tashkil etish, yakuniy taqsimotni o‘tkazish, uning natijalari bo‘yicha bitiruvchilarning shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzish va umumlashtirish
  • Taqsimot komissiyasi ishga taqsimlagan yosh mutaxassislarning arizalarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish, zarur va asoslangan hollarda qayta taqsimlash yoki mustaqil ishga joylashish uchun universitet komissiyasiga murojaat etish
  • Joriy va o‘tgan yillarda ishga joylashgan yosh mutaxassislar bilan aloqani saqlash, zarur hollarda ularga amaliy-uslubiy yordam va maslahat berish, mehnat faoliyati natijalarini umumlashtirish
  • Yangi o‘quv yili qabul rejasining bajarilishi (davlat granti va to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, tanlov, qabul qilingan talabalar soni, ularning kurslar, ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi va h.k.) haqida ma’lumotlar bankini yaratish
  • Davlat granti asosida qabul qilingan talabalar bilan o‘qishni tugatgach ishga taqsimlangan joyida 3 yil ishlab berish to‘g‘risida shartnoma tuzish
  • Ish beruvchilar uchun ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, radio, televideniye, elektron aloqa, veb-sayt) orqali bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlarni viloyatlar, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida e’lon qilish
  • Kadrlarga bo‘lgan real ehtiyoj va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash natijalari haqidagi ma’lumotlarni vazirlikka taqdim etish
  • Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining imkoniyat va ustunliklarini namoyish etish uchun universitetning respublika, mintaqaviy va xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirokini ta’minlash
  • Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirish hamda yosh mutaxassislarning mehnat faoliyati natijalari bo‘yicha universitetning ichki hisobotini yuritish, bo‘limning yillik hisobotini tayyorlash
Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish