Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Universitet/Bo‘limlar va markazlar/Talabalar dekanati (yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat)

Talabalar dekanati (yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat)

Talabalar dekanati universitetda yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga mas’ul: uning tarkibida talaba klublari, salomatlik va sport, alumni ofisi va psixologik xizmat ko‘rsatish ofisi faoliyat yuritadi.

Rahbar

Bozorov Sherzod Uzoqboyevich — talabalar dekanati dekani
Bozorov Sherzod UzoqboyevichTalabalar dekanati dekani Qabul vaqti: har kuni Telefon: +998 66 237-30-52

Dekanat haqida

Talabalar dekanati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-son qaroriga asosan universitetning yangi tuzilmasida tashkil etilgan. Dekanat tarkibida quyidagi bo‘limlar faoliyat yuritadi:

  • Talaba klublari;
  • Salomatlik va sport;
  • Alumni ofisi;
  • Psixologik xizmat ko‘rsatish ofisi.

Dekanat universitetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga boshchilik qilish, ushbu sohadagi normativ hujjatlar ijrosini muvofiqlashtirish, fakultet, bo‘lim va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy tajribasini umumlashtirish, adabiyotlar tayyorlash va nashr etish hamda talabalarning ma’naviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tuzilgan.

Umumiy qoidalar

  • dekanat rektor buyrug‘i asosida tuziladi;
  • dekanat ishchi guruhi sohaning yetakchi mutaxassislari va professor-o‘qituvchilardan iborat;
  • dekanat ma’naviy-axloqiy ishlar bo‘yicha prorektor rahbarligida ishlaydi;
  • fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedralar va guruh rahbarlari bilan hamkorlikda ish olib boradi;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi nizomi hamda joriy va istiqboldagi ish rejalari asosida faoliyat yuritadi.

Maqsad va vazifalar

Dekanatning maqsadi — talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, turli ommaviy madaniyat xurujlaridan asrash va ularni Vatanning fidoyi farzandlari etib voyaga yetkazish.

Vazifalari:

  • mamlakatda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish;
  • talaba-yoshlarda ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy va huquqiy fazilatlarni shakllantirish;
  • milliy urf-odat va qadriyatlarga asoslangan anjuman va uchrashuvlar tashkil etish;
  • talabalarning ruhiy va jismoniy kamolotiga qaratilgan ishlarga ko‘maklashish;
  • universitetda ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini belgilash, ular uchun zarur me’yoriy hujjatlar va tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar va tuman bo‘limlari, jamg‘armalar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib borish.

Dekanatning huquqlari

  • fakultetlardagi ma’naviy-axloqiy ishlarni va bu boradagi vazirlik buyruq va ko‘rsatmalari ijrosini nazorat qilish;
  • dekanlarning ma’naviy-axloqiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimdan ozod etishga oid yig‘ilishlarda tavsiyalari bilan qatnashish;
  • fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ma’naviy-axloqiy masalalar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berish;
  • professor-o‘qituvchilarning yillik yuklamasidagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bandi bajarilishini nazorat qilish va baholash;
  • dekan o‘rinbosarlarining ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘yicha ishlari yuzasidan har semestr yakunida hisobot berish;
  • namuna ko‘rsatgan bo‘lim, fakultet va kafedra jamoalarini rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish.

Amalga oshirilgan ishlar

  • fakultetlar, bo‘lim va kafedralar, Axborot-resurs markazi va talabalar turar joylarida ma’naviyat va ma’rifat burchaklari, kitob javonlari, ko‘rgazma va stendlar tashkil etildi;
  • Murabbiylar kengashi tuzildi va unga tajribali professor-o‘qituvchilar jalb qilindi; kengash murabbiylik soatlari, talabalarning darsga qatnashishi va reyting nazoratlari, ota-onalar bilan uchrashuvlar kabi masalalarni muhokama qiladi;
  • mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini tushuntirish uchun Prezident Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisdagi ma’ruzalari va intervyulari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi;
  • ijtimoiy-gumanitar kafedralar ko‘plab anjumanlar, davra suhbatlari va bahs-munozaralar o‘tkazdi;
  • terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, huquqbuzarlik, giyohvandlik va OITSning oldini olish bo‘yicha huquq-tartibot va sog‘liqni saqlash idoralari bilan hamkorlikda kompleks tadbirlar o‘tkazilib, talabalar shu mavzudagi film va spektakllarga olib borildi.

Universitetda Mustaqillik kuni, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni, 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, 8-dekabr — Konstitutsiya kuni, Yangi yil, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni, 21-mart — Navro‘z va 9-may — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanadi.

Talaba klublari va turar joylar

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish universitet ma’muriyatining diqqat markazida. Universitetda 28 ta talaba klubi faoliyat yuritadi; ayniqsa “Zakovat”, “Yosh kitobxon”, “Ulug‘bek vorislari”, “Ulug‘bek yulduzlari”, “Munozara” va “Mushoira” klublari talabalar orasida mashhur. Klublarda 1 000 dan ziyod talaba qatnashadi.

Talabalar turar joylarida ma’naviyat va ma’rifat xonasi, oshxona, dush, kir yuvish xonasi, dam olish va o‘quv zallari hamda qizlar uchun gigiyena xonalari tashkil etilgan.

Rahbarlar

Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida dotsentlar K.G‘. G‘aniyev va B.S. Qarshiyev, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i lavozimida S.N. Norov faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O. Hayitov, talabalar dekanati dekani B. Saidov bo‘lgan.

Hozirda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor — Sh.X. Uzoqov, talabalar dekanati dekani — Sh.U. Bozorov.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish