Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ilm-fan
Ilm-fan20-oktabr, 2026 · Editorial office

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish  — adolatli jamiyat asosi

Tadbir Ijtimoiy va tabiiy fanlar kafedrasi falsafa fanlari doktori Rasulov Begzod hamkorligida o‘tkazildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talaba-yoshlar ishtirokida “Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini odil sudlov orqali himoya qilish kafolatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir Ijtimoiy va tabiiy fanlar kafedrasi falsafa fanlari doktori Rasulov Begzod hamkorligida o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda odil sudlovning o‘rni hamda huquqiy kafolatlarning ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, talaba-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularda qonunlarga hurmat va huquqiy madaniyatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish