Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar13-oktabr, 2026 · Editorial office

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.
Universitetning 1-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi Azizbek Tursunov bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda ekovolontyor talabalar universitet hududida joylashgan Pedagoglar bog‘ida ko‘chat ekish ishlarini amalga oshirdilar.
Mazkur tadbir universitet hududini obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyat va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratildi.
Universitetda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni asrash va ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan tashabbuslar atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish