Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti25-sentabr, 2026 · Editorial office

Yosh volontyorlar va Eko volontyorlar klubi a’zolari tomonidan navbatdagi ezgu tashabbus amalga oshirildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Yosh volontyorlar va Eko volontyorlar klubi a’zolari tomonidan 25-sentabr kuni navbatdagi ezgu tashabbus amalga oshirildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Yosh volontyorlar va Eko volontyorlar klubi a’zolari tomonidan 25-sentabr kuni navbatdagi ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Universitetning 1-sonli talabalar turar joyi orqa hovlisida joylashgan bog‘ hududida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Volontyorlar tomonidan mavjud daraxt va ko‘chatlar parvarish qilinib, hudud yanada fayzli, yashil va obod maskanga aylantirildi.
Mazkur tashabbus Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i hamda 1-sonli TTJ tarbiyachisi hamkorligida tashkil etildi.
Ushbu xayrli ish yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mehr va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish