
2025/2026-o‘quv yili uchun SUPER-KONTRAKT tartibiga bir qator muhim o‘zgartirishlar kiritildi.
Super kontrakt uchun 10 foizlik chegirma bekor qilindi.
Giper kontrakt — 56,7 balldan past to‘plaganlar uchun — bekor qilindi.
6-yo‘nalishda o‘qishga kira olmagan abituriyentlar endi qo‘shimcha 5 ta yo‘nalishga hujjat topshirib, super kontrakt asosida o‘qish imkoniyatiga ega.
2-, 3-, 4- va 5-ustuvorlikka tavsiya etilganlar ham endi 1-ustuvorlik bo‘yicha super kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi; 1,5x, 2x, 2,5x va 3x ko‘paytmalar bekor qilindi.
Grantga qabul qilinganlar ham 1-ustuvorlikni super kontrakt asosida tanlashlari mumkin.
Agar abituriyent 1-ustuvorlikka qabul qilingan bo‘lsa, 2-, 3-, 4- va 5-ustuvorliklarga hujjat topshira olmaydi.
Agar besh ustuvorlikdan birortasiga ham kira olmasa, abituriyent ball farqiga qarab istalgan yo‘nalishga ariza topshirishi mumkin.
Maqsadli kvota asosida qabul qilinganlar boshqa ustuvorliklarga ariza topshira olmaydi.