
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.
Maqsad: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni, fuqarolarning erkinligi va farovonligini ta’minlashdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalarni aniqlash va rag‘batlantirish.
Tanlovda ishtirok etishlari mumkin: universitet talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar.
Maqolaga qo‘yiladigan talablar: hajmi 5–6 varaq; shrift Times New Roman, 14 o‘lcham; qator oralig‘i 1,15; xat boshi 1,0 sm; dolzarblik aniq yoritilishi shart; ko‘chirmachilik qat’iyan man etiladi.
Maqolalar IMRAD talablari asosida quyidagi tartibda tayyorlanadi: sarlavha, muallif(lar)ning F.I.Sh., annotatsiya, kalit so‘zlar, kirish, o‘rganilish darajasi, metodologiya, natijalar muhokamasi, xulosa va foydalanilgan manbalar.
Maqolalarni topshirish muddati: 2025-yil 30-noyabrga qadar (maksimum uch nafar muallif yoki yakka mualliflik); telegram raqami: +998 99 846 86 25.
G‘oliblarni taqdirlash: g‘oliblar 2025-yil 4-dekabr kuni universitet faollar zalida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda e’lon qilinadi va maxsus rag‘batlantiriladi.