Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar17-iyul, 2025 · Tahririyat

Bitiruvchilar oqshomi — 2025

Universitetda joriy o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi o‘tkazilib, tadbirda musiqiy chiqishlar va taqdirlash dasturi tashkil etildi.

Bitiruvchilar oqshomida diplom topshirish marosimi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida joriy o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda universitet jamoasi, talabalar, ularning ota-onalari hamda SDTUni avvalgi yillarda tamomlagan bitiruvchilar ishtirok etishdi.

Bayramona tus olgan ushbu oqshomda musiqiy chiqishlar, ijodiy sahnalar va qiziqarli o‘yinlar mehmonlarga quvonchli daqiqalarni taqdim etdi.

Bitiruvchilarga diplomlar tantanali tarzda topshirildi.

A’lo baholar bilan o‘qishni yakunlagan iqtidorli yoshlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Bilimi va namunali xulqi bilan ajralib turgan talabalar ota-onalariga universitet nomidan tashakkurnomalar topshirildi.

Shuningdek, 2024–2025-o‘quv yilida universitet rivojiga munosib hissa qo‘shgan fidoyi xodimlar e’tirof etildi.

Bitiruvchilar oqshomi — har bir bitiruvchi uchun unutilmas kechaga aylandi. Ularning kelgusi hayotida muvaffaqiyatlar doimiy hamroh bo‘lsin!

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish