
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Inkubatsiya markazida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Start-up” loyihalarga bag‘ishlangan mahorat darslari o‘tkazildi.
Unda start-uplarga qiziquvchi talabalarga o‘z g‘oyalarini qanday amalga oshirishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbirda talabalar o‘zlarining ilmiy g‘oyalarini qanday qilib loyihaga aylantirish mumkin ekanligi haqida ham tushunchaga ega bo‘lishdi.