Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ta’lim
Ta’lim8-yanvar, 2025 · Tahririyat

Chet elda o‘tkazilgan amaliyotlar bo‘yicha hisobot taqdimotlari o‘tkazildi

To‘rt fakultet professor-o‘qituvchilari xorijda o‘tagan amaliyot va tajriba almashish natijalari bo‘yicha hisobot berishdi.

Chet elda amaliyot o‘tagan professor-o‘qituvchilarning hisobot taqdimoti

2024-yil 14–29-dekabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida Arxitektura, Qurilish, Iqtisodiyot va boshqaruv, Madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlari professor-o‘qituvchilari tomonidan chet elda amalga oshirilgan amaliyot va tajriba almashish jarayonlari bo‘yicha hisobot taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Jo‘ramirza Qayumov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Mirolim Shodmonqulov, Ta’lim sifatini nazorat qilish kordinatori O‘ktam Sirojiddinov, hamda fakultet dekanlari va boshqa professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish