Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar3-may, 2025 · Tahririyat

Akademik mobillik dasturi uchun tanlov

SDTU 2025–2026-o‘quv yili uchun xorijiy universitetlarda 1 semestr o‘qish imkonini beruvchi akademik mobillik dasturi bo‘yicha talabalar o‘rtasida tanlov e’lon qildi; hujjatlar 10-maygacha qabul qilinadi.

SDTU e’loni banneri

Samarqand davlat texnika universiteti barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 2025–2026-o‘quv yili uchun 1 semestr muddatga xorijiy nufuzli universitetlarda o‘qish istagida bo‘lgan iqtidorli talabalar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

Akademik mobillik dasturi orqali talabalar yetakchi ilmiy tashkilotlar va universitetlarda qisqa muddatli o‘quv amaliyotlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ishtirok etish shartlari: 1, 2 yoki 3-bosqich talabalari bo‘lishi; xorijiy tilni yaxshi bilish (xalqaro yoki milliy til sertifikati afzallik beradi); yuqori GPA (fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari).

Taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlar: xorijiy pasport nusxasi; Europass formatida tuzilgan CV; xalqaro yoki milliy til sertifikati nusxasi; HEMISdan yuklab olingan fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari.

Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 10-maygacha. Manzil: bosh bino, 1-qavat, 109-xona (Xalqaro aloqalar bo‘limi).

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish