Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar25-mart, 2025 · Tahririyat

E’lon: akademik qarzdor talabalar uchun qayta o‘qish

Bahorgi semestr fanlari bo‘yicha akademik qarzlarni topshirish uchun qayta o‘qishga ariza HEMIS orqali 1-aprelgacha qabul qilinadi.

SDTU e’loni banneri

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-dekabrdagi 824-sonli qaroriga muvofiq, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti talabalariga akademik qarzlarni topshirish uchun qayta o‘qish tashkil etilmoqda.

Ariza topshirish muddati: joriy yil 1-aprelgacha, HEMIS axborot tizimi orqali.

Muhim eslatmalar: qayta o‘qish faqat bahorgi semestr fanlari uchun tashkil etiladi (kuzgi semestr fanlari uchun emas); agar fanlar jadvali boshqa darslar bilan ustma-ust tushsa, qayta o‘qish tashkil etilmaydi; ariza topshirishda prerekvizit (oldingi shart) fanlar ketma-ketligiga rioya qilish shart — oldingi fan o‘zlashtirilmagan bo‘lsa, keyingi fan uchun ariza berish mumkin emas.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun universitet registrator ofisi yoki tegishli dekanatga murojaat qilishingiz mumkin.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish