
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mashhur yozuvchi Xurshid Davron qalamiga mansub “Bibixonim” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida asarning yaratilish tarixi, unda aks etgan tarixiy voqealar va o‘sha davr madaniy hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Talabalar asardagi obrazlar, tarixiy shaxslar va voqealarning badiiy talqini yuzasidan fikr almashishdi.