
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda san’at ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
“Zakovat” o‘yini davomida talabalarning bilim darajasi, tezkor fikrlash qobiliyati va jamoaviy ishlash mahorati sinovdan o‘tkazildi. Qizg‘in savol-javoblar, noodatiy mantiqiy topshiriqlar va intellektual bahslar tadbirga alohida ruh bag‘ishladi.
San’at ko‘rgazmasida esa talabalarning ijodiy ishlari namoyish etilib, ularning tasviriy san’at, dizayn va amaliy ijod yo‘nalishlaridagi yutuqlari barchaga manzur bo‘ldi.
Tadbir nafaqat bilim va ijodni birlashtirdi, balki talabalar o‘rtasida do‘stona muhit, o‘zaro hamkorlik va yangi g‘oyalar almashinuvi uchun ochiq maydon bo‘lib xizmat qildi.