
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Talabalar dekani tomonidan “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmi namoyish qilindi.
Ushbu film orqali talabalar Yalangto‘sh Bahodirning hayoti, siyosiy jasorati va me’moriy merosi haqida yanada chuqurroq ma’lumot olishdi. Tadbir yoshlar orasida milliy tarixga qiziqishni oshirish, vatanparvarlik ruhini kuchaytirish va madaniy ongni yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.