Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti7-avgust, 2025 · Tahririyat

“Dolzarb 90 kun” doirasida ziyorat, sport va psixologik trening tadbirlari o‘tkazildi

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida SDTUda ziyorat, sport musobaqalari va psixologik mavzudagi tadbirlar o‘tkazildi.

Talabalar ziyoratgohga sayohatda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida talabalar dekanati, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirokida qator mazmunli tadbirlar tashkil etildi.

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan sayohat davomida ishtirokchilar tarixiy va ma’naviy obidalarni ziyorat qilishdi. Bu tashrif yoshlar orasida milliy qadriyatlar va ma’naviy merosga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.

Universitetda talabalar hamda tyutorlar ishtirokida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Musobaqalar do‘stona va yuqori kayfiyatda o‘tib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Universitet psixologi tomonidan Samarqand viloyati Nurobod tumani “Yuksalish” mahallasida xotin-qizlar va yosh oilalar uchun psixologik mavzuda tadbir tashkil etildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish