
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida talabalar o‘rtasida ma’naviyatni yuksaltirish, mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Zukko kitobxon” tanlovi tashkil etildi.
Ushbu tanlov talabalar dekanati tyutorlari tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘tkazilib, bilimdon va kitobga mehr qo‘ygan yoshlar uchun chinakam bellashuv maydoni bo‘ldi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga, bir-birlariga ham motivatsiya bag‘ishlashdi.