
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Ulug‘bek vorislari” teatr jamoasi safiga iqtidorli yoshlardan yangi a’zolarni jalb etish maqsadida kasting tashkil etildi.
Kasting jarayonida talabalar o‘z aktyorlik mahoratlarini namoyish etib, sahna nutqi, emotsional ifoda va ijodiy yondashuvlari bilan hakamlar hay’atida ijobiy taassurot qoldirishdi.
Tanlov yakunida eng iqtidorli ishtirokchilar jamoa a’zoligiga tavsiya qilindi. Bu esa ularning san’at orqali o‘zini namoyon qilishiga keng imkoniyat yaratadi.
“Ulug‘bek vorislari” sahnasida bo‘lish – bu nafaqat sharaf, balki mas’uliyat!