Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti31-iyul, 2025 · Tahririyat

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Biznes marafon” motivatsion treningi o‘tkazildi

“Iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetida 3-bosqich talabalari uchun “Biznes marafon” motivatsion seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

Talabalar “Biznes marafon” treningida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetining “Ko‘chmas mulkni boshqarish” kafedrasida Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “DILLER SARMOYA” MChJ direktori Zayniddin Xoliqulov tomonidan 3-bosqich talabalariga seminar-trening tashkil qilindi.

Trening davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, sohaga oid taklif-fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi va amaliy bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish