
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti talabalar dekanati tomonidan tashkil etilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida volontyorlik guruhlari mahallalarga tashrif buyurdi!
“Mening oilam — mening baxtim, Mahalla — mening faxrim!” g‘oyasi asosida o‘tkazilgan tadbirda tyutorlar va yosh targ‘ibotchilar aholining turmush tarzini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishdi.
Talabalarimiz yordamlashish, mehr-oqibat va hamjihatlik kabi insoniy fazilatlarni amalda namoyon etib, jamiyatda fuqarolik mas’uliyati, ijtimoiy faollik va beg‘araz xizmat tamoyillarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Bu tashrif yoshlarimizning ezgu intilishlari va vatanparvarlik ruhining yorqin ifodasidir.