
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” shiori ostida yoshlarning estetik didini shakllantirish va ularni san’atga qiziqtirish maqsadida mahalla yoshlari uchun san’at namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda universitet ijodkor talabalari hamda ustozlari tomonidan yaratilgan rasmlar, dekorativ amaliy san’at asarlari va milliy hunarmandchilik buyumlari namoyish etildi. Ko‘rgazma davomida yoshlarga asarlarning yaratilish jarayoni va ularning tarixiy-madaniy ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.