Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti16-iyul, 2025 · Tahririyat

Mushoira kechasi – talaba-yoshlar ijodiy ilhomi

“Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Mushoira kechasi” tashkil etib, talabalar o‘z she’rlari va sevimli adiblari ijodidan namunalar o‘qishdi.

Talabalar mushoira kechasida she’r o‘qimoqda

Bugun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti tomonidan talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Mushoira kechasi” tashkil qilindi.

Mazkur tadbirda fakultet talabalari she’riyatga bo‘lgan mehrlarini namoyish etib, o‘zlari yozgan she’rlar va mashhur adiblar ijodidan parchalarni badiiy o‘qib eshittirishdi. Samimiy va iliq muhitda o‘tgan mushoira kechasi ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi hamda yoshlarni kitobxonlik va ijodga chorlovchi muhim madaniy tashabbus sifatida e’tirof etildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish