
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Qurilish fakulteti dekani Suyunov Javlonbek hamda 1-sonli talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi Azizbek Tursunov tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yotoqxonada istiqomat qiluvchi 40 nafarga yaqin talabalar bilan birgalikda Nurobod tumanidagi “Sazagon” dala-o‘quv poligoniga tashrif buyurdilar.
Dala o‘quv maydonini kuzatish davomida Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari tomonidan yaratilgan qo‘shinlar jangovar shayligini oshirishga xizmat qiladigan innovatsion ishlanmalar bilan tanishdilar.
“Sazagan” dala-o‘quv maydonida zamon talablariga javob bera oladigan 30 ga yaqin o‘quv nuqtalarda barcha turdagi jangovar texnika va qurollar o‘quv-mashg‘ulotlari asosida talabalarga namoyish etildi.