
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti “Qurilish” fakulteti talabalari uchun Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyat o‘zbek davlat musiqali drama teatriga ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Ushbu tashrif davomida talabalar teatr san’ati, uning tarixi va sahna ortidagi ijodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar. Madaniy merosimizga bo‘lgan hurmat va qiziqish ularda estetik tafakkurni rivojlantirish, ijodiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qildi.